O‘zbekiston yoshlari ishtirok etadigan jahon chempionati qaerda o‘tkazilishi ma’lum

  • 31 mart, 2023, 18:25
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Jahon chempionatini Indoneziya o‘zida qabul qilmasligi aniq bo‘lgach, Argentina turnirni o‘tkazish uchun asosiy da’vogarga aylangandi. Bu haqda avvalroq ham xabar bergandik. 

Tecno
Bir qator ishonchli manbalarning xabar berishicha, Janubiy Amerika vakili ushbu turnirni o‘zida qabul qilishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan. 

photo_2023-03-31_18-12-01

Janubiy Amerika qit’asidagi saralash o‘yinlari yanvar oyida o‘tkazilgan, ammo Argentina yoshlari mundial yo‘llanmasidan quruq qolgan edi. Endilikda, ular Indoneziya o‘rnini egallaydi. 

Qayd etish lozim, mazkur turnirda Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U20 terma jamoasi ham ishtirok etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Socceruzb
31/03/2023 19:21
Зўр!