O‘zbekistonda qishki transfer oynasi yopildi

  • 27.02.2022 00:12
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2021 yilning 6 dekabridan O‘zbekistonda qishki transfer oynasi ochilgandi. 26 fevral kuni 00:00da ushbu jarayon yakunlandi. 

“2022 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”da transfer oynasi davomida Superliga futbol klublari faqatgina 10 nafar yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

Limitdan tashqari holatda futbol klublari 2021 yilgi mavsumda jamoa sharafini himoya qilgan ayrim futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirishlari yoki o‘zlarining U-18 jamoalaridan cheklanmagan miqdorda yosh iqtidorlarni asosiy jamoaga taklif etishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, 2000 yil va undan keyin tug‘ilgan futbolchilar bilan yangi shartnomalar ham limitdan tashqari ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!