O‘zbekistonda transfer bozori 30 iyulda yopiladi. Faqatgina "Paxtakor" sentyabrgacha yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin

  • 31 may, 2020, 21:27
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatarda faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz Alisher Nikimbaev telegramdagi o‘zining sahifasida OChL-2020 uchun muhim bo‘lgan jihat - yangi o‘yinchilarni ro‘yxatga olib borasida to‘xtaldi.

Tecno

Odatda klublar bunday imkoniyatga faqat 1/8 finaldan so‘ng, Chempionlar Ligasida uzoq tanaffus bo‘lgan paytda ega bo‘lishardi. Endi nimchorak va chorak final o‘yinlari o‘rtasidagi tanaffus juda qisqa bo‘ladi. Bundan tashqari, sentyabr oyiga qadar kuz-bahor tizimiga ko‘ra mavsum o‘tkaziladigan mamlakatlar klublari tarkibning yarmini yo‘qotishi mumkin.

Demak, eng real variant turnir tiklanishidan oldin, ya’ni sentyabrgacha yangi o‘yinchilarni ro‘yxatga olishga ruxsat berishdir, - dedi Alisher Nikimbaev.

"Paxtakor" OChLdagi qolgan o‘yinlarini Toshkentda o‘tkazmasligi mumkin

3451554834497

Demak, "Paxtakor" ham guruh bosqichidan o‘tsa va tarkibni kuchaytirishni xohlasa sentyabrgacha futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

O‘zbekistonda yozgi transfer oynasi avvaldan belgilanganidek o‘zgarishsiz qoladi va ushbu jarayon 6 iyuldan 30 iyulgacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!