
"Paxtakor" OChLdagi qolgan o‘yinlarini Toshkentda o‘tkazmasligi mumkin
O‘zbekistonlik taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev telegramdagi o‘zining sahifasida OChL-2020 musobaqasining keyingi taqdiri borasida ma’lumot berdi. Uning yozishicha, xorijlik hamkasblari quyidagilarni real stsenariy sifatida ko‘rishmoqda.
* Sentyabrda guruh bosqichini markazlashgan holda qayta boshlash; (ya’ni bunda bir mamlakatda turnirni o‘tkazish nazarda tutilmoqda)
* 1/8 bosqichdan to finalga qadar ham musobaqa markazlashgan holda bitta o‘yindan iborat bo‘ladi;
Bular OFKga vaqtni tejash va joriy yilgi turnirni yakunlashga imkoniyat taqdim etadi. Bu nafaqat g‘olibni klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga yuborish, bakil birinchi navbatda o‘zining marketing hamkori oldidagi majburiyatlarni bajarish nuqtaiy nazardan juda muhim. To‘g‘ri, o‘yinlar soni kamayadi, bu ham shartnoma shartlarining buzilishi, ammo mazkur yo‘l yanada ko‘proq yo‘qotmaslik uchun tashkilot xayriya qilishi mumkin bo‘lgan minimaldir.
Fikrlar