
O‘zbekistonlik bokschi "Top Rank" bilan shartnomasini bekor qildimi?
Professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov ayni kunlarda Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib turibdi. U amalda mashhur Bob Arumning "Top Rank" promouterlik kompaniyasi bilan shartnomaga ega edi. Biroq, ushbu shartnoma bekor bo‘lganligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Mazkur voqelikka aniqlik kiritish maqsadida biz uning menejeri malayziyalik Vikram Svapragasam bilan bog‘landik.
"Bekor bo‘ldi, deya olmayman. Men “Top Rank”dan uning kontraktini sotib oldim. Biz yaxshi munosabatlar bilan xayrlashdik. “Top Rank” va Bob Arumdan minnatdormiz. Ular bizga Amerika Qo‘shma Shtatlarida jang qilish va translatsiya bo‘yicha yaxshi imkoniyat yaratib berdi.
Qudratillo ko‘proq janglar qilishi va uni aktiv holda ushlashimiz kerak. Hozirda u erkin agent va biz boshqa promouterlik kompaniyalar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Umid qilamanki, kelasi hafta qaysi kompaniya bilan shartnoma imzolaganimizni e’lon qilamiz",-dedi menejer.
Fikrlar