
O‘zbekistonlik FIFA nazoratchisi Vetnam – Indoneziya o‘yinida ishlaydi
Xabaringiz bor, o‘zbekistonlik nazoratchi va hakamlar JCh-2022 saralash bosqichining muhim uchrashuvlarida faoliyat olib borish uchun OFK tomonidan chaqiruv olgan edi.
Xususan, FIFA nazoratchisi Vladislav Tseytlin BAA mezbonlik qiladigan “G” guruhi bahslarida ishlash uchun taklif etilgan.
O‘zbekistonlik mutaxassis bugun bo‘lib o‘tadigan Vetnam – Indoneziya uchrashuviga hakamlar nazoratchisi etib tayinlandi.
Uchrashuv Dubay shahridagi “Al Maktum” stadionida yurtimiz vaqti bilan soat 21.45 da start oladi.
Fikrlar