
O‘zbekistonlik futbolchi legionerga aylandi (Foto)
Bir necha kun avval, "Metallurg" klubi himoyachisi Akbar Ismatullaev Tailand klubida ko‘rikdan o‘tayotgani borasida xabar bergandik.
Ma’lum bo‘lishicha, hamyurtimiz "Buriram Yunayted" klubi bilan shartnoma imzoladi. Ismatullaev jamoasining o‘yinlarida ishtirok etishni ham boshladi. U yangi jamoasida 55-raqamda to‘p tepmoqda.
Akbar Ismatullev "Paxtakor"da o‘ynagan isroillik Gidi Kanyuk bilan bir jamoada faoliyat yuritmoqda. "Sherlar"ning sobiq futbolchisi ham "Buriram Yunayted" sharafini himoya qilmoqda.
"Buriram" jamoasi 1970 yili tashkil topgan. Mamlakatning 7 karra chempioni sanaladi. Jamoa oxirgi marta 2018 yili chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar