O‘zbekistonlik hakamlar OFK seminarida ishtirok etishmoqda

  • 26 noyabr, 2018, 18:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN
Osiyo futbol konfederatsiyasi qit’ada hakamlikni rivojlantirish, xalqaro futbol uchrashuvlarida osiyolik hakamlar ishtirokini oshirish va nufuzini ko‘tarish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, bugun 26 noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarida hakamlar uchun OFK seminari boshlandi. Ushbu seminarda O‘zbekistondan 11 nafar hakam ishtirok etmoqda: bosh hakamlar Sherzod Qosimov, Edita Mirobidova, Anna Sidorova, assistentlar - Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin, Sanjar Shoyusupov, Ruslan Serazetdinov, Husniddin Shodmonov, Alisher Usmonov, Kristina Sereda, Zilola Rahmatova.
 
Seminar davomida ishtirokchilarga futbol qoidalariga kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, bahsli vaziyatlar bo‘yicha videolavhalar namoyish etilib, tahlil qilinadi. 

Bundan tashqari, hakamlar jismoniy sinovlar hamda nazariy imtihonlar ham topshirishadi. Seminar 30 noyabrga qadar davom etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!