O'zbekistonlik hakamlar Osiyo kubogida ishlaydi!
O‘zbekistonlik hakamlar U-17 Osiyo kubogi o‘yinida faoliyat olib boradi.
Xabaringiz bor, 5-22-may kunlari Saudiya Arabistonida U-17 Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqaning ilk turidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni va Myanma jamoalari o‘rtasidagi bahsni Akobirxo‘ja Shukurullaev boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqarib boradi.
Akobirxo‘ja Shukurullaev bosh hakam sifatida ishlasa, unga Alisher Usmonov va Islom Azimov yordam beradi.

Fikrlar