O'zbekistonlik hakamlar Osiyo kubogida ishlaydi

  • 18.04.2026 13:47
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonlik hakamlar Osiyo kubogida ishlaydi. Bu haqida O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi o‘zining rasmiy sahifasida ma’lum qildi.  

Xabaringiz bor, 2026 yil 5–22 may kunlari Saudiya Arabistonida U-17 Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi faoliyat olib boradi.

Bosh hakam sifatida Akobir Shukurullaev, yordamchi hakamlar sifatida Alisher Usmonov va Islom Azimov ishlaydi.

Shuningdek, 1—17 may kunlari Xitoyda U-17 qizlar terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada o‘zbekistonlik hakam Roziyabonu Yusupova bosh hakam sifatida faoliyat olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!