O‘zbekistonlik jangchi ONE FC bilan shartnoma imzoladi. Debyut jangi sanasi va raqibi ma’lum

  • 12 may, 2022, 23:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • MMA
CHERY AUTO

Yurtimiz MMA olamida tobora o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan og‘ir vazn toifasidagi vakilimiz Jasur Mirzamuhammedov jahonning nufuzli promousheni bilan shartnoma imzoladi. 

Tecno

U 20 may kuni Singapurning ONE FC promoushenida debyut qiladi. ONE FC 157 turniri doirasida bo‘lib o‘tadigan ushbu jangida hamyurtimizga braziliyalik Markus Almeyda raqiblik qiladi. 

Aslida, Almeyda vatandoshi Xyugo Gunnaga qarshi jang qilishi lozim edi. Biroq, ba’zi sabablarga ko‘ra, Gunna ushbu to‘qnashuvda ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi va tashkilotchilar uning o‘rnini yurtdoshimiz bilan to‘ldirdi. 

Shu tariqa Jasur Mirzamuhammedov jahonning kuchli uch promoushenining biri sifatida e’tirof etiluvchi ONE FC vakiliga aylandi.

Ma’lumot uchun, Almeyda professional faoliyati mobaynida 2 ta jang o‘tkazgan va har ikkisida g‘alabaga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Gairat Alimov
13/05/2022 08:28
Фигура хар хилку