O‘zbekistonlik menejer Kamaru Usmanning murabbiyi bilan shartnoma imzoladi

  • 17 oktabr, 2022, 11:32
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik menejer, "Bek" sport klubi mutasaddilaridan biri Islomiddin Abdumannobov AQShdagi "Genesis Training Academy" sport klubi bilan shartnoma imzoladi.

Tecno

Endi yosh jangchilarimiz amerikalik Jeykob Ramos qo‘l ostija mashg‘ulot o‘tkazishi mumkin. U UFC, "Bellator" hamda PFL promoushenlarida jang qilayotgan 25 dan ziyod sportchilarning murabbiyi hisoblanadi. Ular orasida UFC sobiq chempioni Kamaru Usman ham bor.

Ramos murabbiylik qilayotgan sport zalida yana bir mashhur MMA ustasi Jastin Getji o‘z faoliyatini boshlagan. Hozircha o‘zbekistonlik sportchilardan 18 yoshli Asadbek Muhammadaliev Jeykob qo‘l ostida shug‘ullanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!