
O‘zbekistonlik MMA jangchilari Qirg‘izistonda ajoyib g‘alabalarni qo‘lga kiritdi
Kecha, Qirg‘izistonning Osh viloyatida joylashgan Aravon shahrida MMA kechasi bo‘lib o‘tdi. “Aybat FC “ promousheni tomonidan o‘tkazilgan mazkur jang kechasida o‘zbekistonlik jangchilar ham ishtirok etdi.
Jahongir Qoraboev hamda Farrux Madaminov qo‘l ostida mashg‘ulot olib boradigan 70 kg vaznda o‘z janglarini o‘tkazadigan Doston Ismoilov birinchi raundning o‘zida bo‘g‘ish uslubi bilan mezbonlar vakili Asad Teshaboevni mag‘lub etdi.
77 kg vazn toifasida Diyor Mutalibov yana bir mezbon jangchisi Shabdan Rahmonovni birinchi raundda texnik nokautga uchratdi. Shuningdek, Asror Qirg‘izov ham birinchi raundda bo‘g‘ish uslubi evaziga Nurgeli Hamidovni taslim qildi.
Mazkur g‘alabalar bilan yurtdoshlarimizni muborakbod etamiz!
Fikrlar