
O‘zbekistonlik MMA vakili "Open Fighting Championship" turnirida jang qiladi
17 aprel kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida MMA kechasi o‘tkaziladi. Yangi tashkil topgan Open Fighting Championship promousheni o‘zining uchinchi turnirini o‘tkazmoqda.
Biz uchun qiziqarli jihati, ushbu jang oqshomida O‘zbekiston vakili ham oktagonga ko‘tariladi. "Tinkoff Arena"da bo‘lib o‘tadigan mazkur turnirda Islom Kamoldinov rossiyalik Aleksey Lyapunovga qarshi jang qiladi. Ushbu qarama-qarshilik yarim engil vazn (70,3-77,1 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi.
Rossiya vakili faoliyati mobaynida 10 ta jangdan 8 tasida g‘alaba va ikki mag‘lubiyat qayd etgan bo‘lsa, hamyurtimizning ko‘rsatkichi 8-1 ko‘rinish olgan.
Mazkur jangda yurtdoshimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar