O‘zbekistonlik raqibiga tan bergan rossiyalik mashhur MMA jangchisi 14 dekabrda jang qiladi

CHERY AUTO

Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Shlemenko (58-12) 14 dekabr kuni Ekaterinburgda bo‘lib o‘tadigan RCC turnirining markaziy jangda ishtirok etadi. Uning raqibi "Gran-pri PFL" ning birinchi mavsumi g‘olibi amerikalik Lui Teylor (18-4-1) bo‘ladi.

Tecno

 RCC ning mazkur ettinchi jang kechasi promoushenning ushbu yil hisobidan yakuniy turniri bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Shlemenko o‘zbekistonlik marhum Shavkat O‘roqov bilan o‘z vaqtida to‘qnash kelib, garchi hamyurtmizni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsada, faoliyati mobaynida bunday raqibga duch kelmaganligini ta’kidlab, uning mahoratiga qoyil qolgan edi. Ushbu atlet Rossiyaning MMA borasidagi eng mashhur vakillaridan biri hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!