
O‘zbekistonlik Shodiyor Meliqo‘ziev keyingi jangda qozog‘istonlik bokschidan revansh olmoqchi
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
-48 kg vazn toifasidagi Shodiyor Meliqo‘ziev nepallik Rabin Tapa bilan kuch sinashdi. Jangda hamyurtimiz 5:0 hisobida raqibidan ustun keldi. Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng Meliqo‘ziev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Jang juda chiroyli bo‘ldi. Muxlislarinng qo‘llab-quvvatlashini eshitib maza qildim. Jang davomida bu menga kuch-quvvat berdi.
Tomoshabinlar oldida iloji boricha chiroyli jang qilishga harakat qildim. Ringga tushishdan oldin o‘zimga bo‘lgan ishonch yuqori edi. O‘z yurtimizdagi musobaqada yutmaslikning iloji yo‘q. Hammaga katta rahmat. Ringga chiqishimdan oldin murabbiylarim ancha motivatsiya berishdi.
Keyingi jangim qozog‘istonlik bokschiga qarshi bo‘ladi. U bilan oldin yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finalidan to‘qnash kelganmiz. Shunda ochkolar hisobiga mag‘lubiyatga uchragandim. Inshaalloh yurtimizdagi chempionatda uni yutaman, deb umid qilaman, - dedi Shodiyor Meliqo‘ziev.
Fikrlar