O‘zbekistonlik sportchi 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi

  • 7 avgust, 2024, 12:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik og‘ir atletika sportchisi Sardor Lapasov Butunjahon antidoping kodeksining 2.1-moddasida ko‘rsatilgan antidoping qoidabuzarligini sodir etganligi sababli 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Antidoping agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra, sportchidan musobaqa davrida olingan doping sinamasida sportda taqiqlangan «Klenbuterol» moddasi borligi aniqlangan. Alohida ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, «Klenbuterol» moddasi 2024 yilgi taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.

"Ma’lumot uchun aytib o‘tmoqchimiz, diskvalifikatsiya jazo muddatini o‘tayotgan shaxs (sportchi, murabbiy v.x.k) diskvalifikatsiya muddati tugaganga qadar xalqaro va milliy toifadagi musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishi taqiqlanadi. Agar yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda ushbu shaxsga umrbod diskvalifikatsiya muddati qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, kodeksda sport federatsiyasi yoki assotsiatsiyasiga nisbatan ham jazo chorasi qo‘llash mumkinligi belgilangan", - deyiladi UzNADA xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!