O‘zbekistonning bo‘lajak raqibi Jahon chempionati g‘olibligiga asosiy da’vogar sifatida ko‘rsatildi

  • 05.06.2026 23:17
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avvalroq 2014 yildgi Jahon chempionatida Germaniya, 2018 yildgi mundialda Fransiya va 2022 yildgi turnirda Argentina g‘olib bo‘lishini aniq bashorat qilgan nemis iqtisodchisi Yoaxim Klement "JCh-2026" g‘olibini ham ma’lum qildi.

Mutaxassisning fikricha, bo‘lajak Jahon chempionatida Niderlandiya terma jamoasi zafar quchadi. Uning taxminiga ko‘ra, finalda niderlandlar Portugaliyani mag‘lub etadi.

Klement o‘z taxminlariga ham izoh berib o‘tdi:

"Birinchi marta Germaniya Braziliyada Jahon chempionligini qo‘lga kiritganida hayratda qolganman. Chunki o‘sha paytda deyarli barcha ekspertlar Yevropa jamoasi Janubiy Amerikada hech qachon mundialda g‘olib bo‘lmaganini ta’kidlayotgandi.
Bu mutlaqo irratsional yondashuv. Bu xuddi lotereya o‘ynaganga o‘xshaydi. Men har doim shunday deyman: agar kimdir mening Jahon chempioni haqidagi prognozimga asoslanib pul tiksa, unga endi hech narsa yordam bera olmaydi.
Bu tanga tashlashga o‘xshaydi. Siz tangga to‘rt marta ketma-ket bir tomoni bilan tushishini bashorat qilishingiz mumkin va bu ro‘y berishi ham ehtimoldan xoli emas. Ammo bu keyingi safar ham albatta takrorlanishini anglatmaydi".


Manba ma’lumotiga ko‘ra, Klement modeli mamlakatning aholi soni, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM hajmi, futbolning mamlakatdagi o‘rni, milliy jamoaning jahon reytingidagi o‘rni hamda omad faktorini hisobga oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!