O‘zbekistonning eng yaxshi hakami "Nasaf" va "Andijon" uchun qanchalik omadli?

  • 3 mart, 2023, 20:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, Superliganing ilk turidagi “Nasaf” – “Andijon” qarama-qarshiligida bosh hakam vazifasini Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bilsangiz, Agishev 2022 yilda O‘zbekistonning eng yaxshi hakami deb e’tirof etilgan. Xo‘sh, o‘tgan yili “Nasaf” va “Andijon” ishtirokidagi nechta o‘yinlarda hakamlik qilgan?

Tecno

Qizig‘i, 2022 yilgi chempionatda Agishev “Nasaf”ning ikkita uchrashuvini boshqargan va har ikkisi ham “Navbahor”ga qarshi o‘yinlarda yuz bergan. Dastlab 14-turda Qarshidagi “Nasaf” – “Navbahor” (0:1) o‘yinida ishlagan bo‘lsa, keyin Buxorodagi O‘zbekiston Kubogi finalida ham mazkur klublar ishtirokidagi bahsda hakamlik qilgan va unda “Nasaf” 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

agishev

2022 yilgi mavsumda Agishev pro ligada “Andijon” qatnashgan o‘yinlarni boshqarmagan. Uning “Burgutlar” ishtirokida boshqargan oxirgi o‘yini 15-tur doirasida “Surxon”ga qarshi kechgan bo‘lib, o‘shanda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Qizig‘i, ushbu klublarning birinchi davrada Andijondagi chempionat ochilish uchrashuvida ham hakamlik qilgan va unda maydon egalari 1:0 hisobida g‘olib chiqqan. Shuningdek, “Andijon” – “Lokomotiv” (1:2) va “Andijon” – OKMK (2:3) uchrashuvlarida ham bosh hakamlik qilgan.

Ko‘rib turganingizdek, bir yarim yildan so‘ng Agishev “Andijon” o‘yinida ishlaydi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum yakunlari bo‘yicha aynan Vadim Agishev O‘zbekistonning eng yaxshi hakami deb e’tirof etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!