O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi: "To‘g‘ri, har xil klublardan qiziqishlar bor, lekin hozir bandman"

  • 1 dekabr, 2022, 10:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi va “Olimpik” klubi bosh murabbiyi Timur Kapadze joriy mavsum yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb topilganidan xabaringiz bor.

Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz Osiyo chempionatida finalga qadar etib bordi. “Olimpik” klubi Superligadagi debyut ishtirokidayoq 6-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Timur Kapadze asosan olimpiya terma jamoasiga nomzod futboochilar bilan klubda ham birga ishladi, tajribasini oshirdi. Superligada yo‘qolib qolishgani yo‘q. Bunda Kapadzening murabbiylik salohiyati ham katta rol o‘ynadi.

Sports.uz jurnalisti Kapadzening bir qator masalalardagi fikrlari bilan qiziqib ko‘rdi.

- Timur aka yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lganingiz bilan tabriklayman. Shu sovrinni yutishingizni kutganmidingiz?

- Tabrik uchun rahmat. Birinchi navbatda bizni bu sovringa munosib ko‘rishgani uchun hammaga tashakkur bildiraman. Ushbu sovrinni butun jamoamizniki deb bilaman. Chunki biz birgalikda yutuqlarga va o‘sishga erishdik. Ishonamanki, mazkur mukofot jamoamizni yanada kuchli qiladi. Men uchun eng muhimi oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishish!

kapadze1_2

- Umuman olganda, 2022 yilgi mavsum siz uchun qoniqarli kechdimi yoki...

- Albatta, qoniqdim. Chunki bu mavsumda katta tajribaga ega bo‘ldik va yaxshigina o‘sdik.

- “Olimpik” klubi Superligada o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Kelasi yil uchun vazifa qanday? Bundan ham kuchli “Olimpik”ni ko‘ramizmi?

- Har doim vazifa jiddiy va yuqori bo‘ladi. Bunga albatta erishish uchun intilamiz. O‘yindan-o‘yinga, yildan-yilga kuchli bo‘lib boramiz. Negaki, har bir uchrashuvdan o‘zimiz uchun kerakli tajribalarni olyapmiz.

kapadze2_1

- Tarkibda qanday o‘zgarish bo‘ladi yoki hamma o‘yinchi saqlanib qolinadimi? Kimlarni taklif qilmoqchisiz?

- Tarkibga kelsak, buni vaqt ko‘rsatadi. Chunki ijaradagi futbolchilar ham bor. Ular klublariga qaytadi. Ammo deyarli katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Biz tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.

- Shogirdlaringizdan qaysilariga chetdan yaxshi takliflar tushyapti?

- Jamoamizga hali hech qanaqa taklif kelgani yo‘q. Ammo futbolchilarimizga ko‘p jamoalardan qiziqishlar bor.

kapadze3_1

- Xizmatingizga chetdan jiddiy qiziqish bo‘layotgani rostmi? Sir bo‘lmasa, qaysi klubdan?

- To‘g‘ri, har xil klublardan qiziqishlar bo‘lib turibdi. Lekin men hozir bandman. Terma jamoada oldimizda katta mas’uliyat bor. Bizning oldimizga qo‘yilgan maqsad turibdi. Bu maqsadga erishish uchun qo‘limdan kelganicha harakat qilaman. Hozir boshqa joyga ketish niyatim yo‘q.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!