O‘zbekistonning Eronga qarshi 2 ta o‘rtoqlik o‘yini uchun 20 nafar futzalchini jalb etildi

  • 28 sentabr, 2020, 21:35
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston futzal terma jamoasi 3-9 oktyabr kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Bahodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi futzalchilarimiz Toshkentda o‘tadigan mashg‘ulotlar davomida Eron vakillariga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Ushbu bahslar 7 oktyabr va 9 oktyabr kunlari poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Murabbiylar shtabi mazkur uchrashuvlar uchun 20 nafar futzalchini terma jamoa yig‘iniga jalb etgan.

Eslatib o‘tamiz, futzal terma jamoamiz Osiyo chempionati “C” guruhida Bahrayn, Xitoy va Indoneziya vakillari bilan kurash olib boradi. Ushbu chempionatda muvaffaqiyatli ishtirok etgan 5 ta jamoa 2021 yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Mazkur yig‘inga chaqiruv olgan futbolchilar ro‘yxati:

F.I.Sh Tug‘ilgan sanasi Ampluasi Klubi
1. Umarov Rustam 26.05.1984 Darvozabon AGMK
2. Elibaev Ravshan 26.01.1987 Darvozabon “Paxtakor”
3. Elmuradov Abbos 04.09.1998 Darvozabon “Xuasin J.”
4. Ibragimov Davlat 08.11.2000 Hujumchi “Xuasin J.”
5. Adilov Mashrab 15.08.1994 Himoyachi “Paxtakor”
6. Raxmatov Anas 20.06.1994 Himoyachi AGMK
7. Ropiev Ixtier 19.09.1993 Himoyachi AGMK
8. Xamroev Ilxom 25.09.1997 Himoyachi AGMK
9. Nishonov Xusniddin 19.05.1998 Himoyachi AGMK
10. Raxmatov Dilshod 04.12.1989 Hujumchi “Xuasin J.”
11. Choriev Davron 01.01.1993 Hujumchi AGMK
12. Usmanov Akbar 09.03.1997 Hujumchi “Paxtakor”
13. Juraev Sunnat 24.12.1994 Hujumchi “Paxtakor”
14. Sviridov Konstantin 11.03.1988 Himoyachi “Paxtakor”
15. Anorov Javlon 08.05.1984 Himoyachi “Maksam Ch.”
16. Erkinov Xushnur 07.05.1998 Himoyachi “Metallurg”
17. Solixov Abdulla 06.01.1999 Himoyachi AGMK
18. Shavkatov Dilmurod 26.08.1994 Hujumchi “Paxtakor”
19. Tulkinov Elbek 24.12.2000 Hujumchi “Maksam Ch.”
20. Jumaev Dilmurod 01.02.1997 Himoyachi “Xuasin J.”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!