
O‘zbekistonning Qatarga qarshi taxminiy tarkibi (Foto)
Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston JCh-2018 3-saralash bosqichi 7-turidan o‘rin olgan Qatarga qarshi bahsni o‘tkazadi. Mazkur bellashuvda hamyurtlarimizning taqdiri hal bo‘ladi desak adashmagan bo‘lamiz. Chunki biz oldingi o‘yinlarda yo‘qotadigan ochkolarimizni boy berib bo‘ldik. Endi qolgan uchrashuvlarda bor kuchimizni sarflab faqat g‘alaba qozonishimiz shart. Qolaversa, bugungi bahsda dastlabki daqiqalardan kim maydonga tushishi barchaga birdek qiziq bo‘lishi aniq. Shuning uchun SPORTS.uz sayti O‘zbekistonning Qatarga qarshi taxminiy tarkibini tuzib chiqdi.
Darvozabon: Aleksandr Lobanov
Himoyachilar: Davron Xoshimov, Anzur Ismoilov, Egor Krimets, Oleg Zoteev.
Yarim himoyachilar: Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Sardor Rashidov, Jaloliddin Masharipov, Server Jeparov.
Hujumchi: Igor Sergeev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Qatar bahsi bugun Toshkent vaqti bilan 18:00da start oladi.
Fikrlar