Pako Alkaser: "Barselona"da menga yomon munosabatda bo‘lganlar ham bor edi...

  • 15 sentabr, 2019, 15:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya” Dortmund klubi hujumchisi Pako Alkaser “Barselona”da to‘p surgan paytlari haqida gapirdi.

Tecno

“Men “Barselona”ning aksariyat futbolchilarini hurmat qilaman. Ularning ko‘pchiligi menga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lgan, biroq hammasi ham emas.

Muxlislar va futbolchilar menga yaxshi munosabatda edi. Ammo, u erda menga yomon munosabatda bo‘lgan odamlar ham bor edi”, - deydi ispaniyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli Alkaser 2016-2018 yillarda kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan.

Ma’lumot uchun, “Borussiya” Dortmund 17 sentyabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqich dastlabki turida “Signal Iduna Park”da “Barselona”ni qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!