Pako Alkaser yana Ispaniyaga qaytmoqda

  • 30 yanvar, 2020, 18:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning “Borussiya” klubi forvardi Pako Alkaser yana Ispaniyaga qaytishga yaqin turibdi.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda 26 yoshli futbolchi tez orada “Vilyarreal” a’zosiga aylanadi. “Sariq suv osti kemasi” allaqachon ushbu transfer masalasida dortmundliklar bilan kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra ispan klubi Alkaser uchun nemis grandiga 23 mln evro to‘laydi.

Ma’lumot uchun, Alkaser joriy mavsum Bundesligada jami 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “Borussiya” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!