Pakyao aprelda Las-Vegasda ringga chiqadi

  • 18.02.2018 16:01
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Filippinlik Menni Pakyao o‘zining navbatdagi jangini joriy yilning aprel oyida o‘tkazishini rejalashtirmoqda, deya xabar beradi The Score nashri. Hozircha mazkur jangda unga amerikalik Mayk Alvarado raqiblik qilishi aytilmoqja. Jang 14 aprel kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Pakyao so‘nggi marta ringga 2017 yil iyul oyida ko‘tarilgan va o‘shanda avstraliyalik Jeff Xornga ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy bergan. Filippinlik bokschining hisobida jami 59 g‘alaba, 7 mag‘lubiyat va 2 durang mavjud. U sakkiz vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan yagona sportchi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!