
Para pauerlifting. Aqidaxon Axtamova Jahon kubogida tengsiz bo‘ldi!
Para pauerlifting bo‘yicha Tailandda davom etayotgan Jahon kubogidan navbatdagi xushxabar!
Bundan biroz avval ayollar o‘rtasida -50 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan hamyurtimiz Aqidaxon Axtamova 104 kg natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Vakilimiz ushbu natija orqali Jahon reytingida 5-o‘ringa ham ko‘tarilib oldi.
Eslatib o‘tamiz, kecha ikki nafar para pauerliftingchimiz Jahon kubogida sovrindorlar safidan joy olgan edi.
Fikrlar