Paragvay darvozaboni jahon chempionatidagi qahramonliklaridan so‘ng Evropaga kelyapti

  • 23.08.2026 17:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning «Lill» klubi Paragvay terma jamoasi darvozaboni Orlando Xilni Argentina grandi «San-Lorenso»dan sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Janubiy Amerika transfer bozori bo‘yicha mutaxassis, jurnalist Sesar Luis Merloning ma’lum qilishicha, fransuz klubi transfer uchun 3,6 million yevro to‘lashga rozi bo‘lgan. Shuningdek, «San-Lorenso» darvozabon kelajakda boshqa jamoaga sotilsa, uning transferi summasidan 50 foiz ulush oladi.

26 yoshli paragvaylik posbonning shaxsiy shartnomasi shartlari tomonlar o‘rtasida kelishib olingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning «Lill»ga olib kelinishiga asosiy tashabbuskor klubning italyalik murabbiyi Davide Anchelotti bo‘lgan.

Orlando Xil jahon chempionatida Paragvay terma jamoasi tarkibida o‘zini ko‘rsata oldi. Uning ishonchli o‘yini tufayli jamoa 1/8 finalgacha yetib bordi. 1/16 finalda paragvayliklar sensatsiya qayd etib, Germaniya terma jamoasini mag‘lub etdi: asosiy va qo‘shimcha vaqt 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa Paragvay 4:3 hisobida ustun keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!