
Paralimpiya. Ro‘za Qo‘zieva jahon kubogida kumush medalni qo‘lga kiritdi!
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida para pauerlifting bo‘yicha jahon kubogi bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun ayollar o‘rtasida -73 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan hamyurtimiz Ro‘za Qo‘zieva umumiy 381 kg natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Ushbu natijadan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasining jahon kubogidagi medalarri soni 4 taga etdi – 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza.
Fikrlar