Paralimpiya. Yangi nomlar, yangi iste’dodlar kashf etildi!

  • 1 dekabr, 2022, 09:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Suv sporti
CHERY AUTO

Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi mezbonligida o‘tgan para suzish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘z yakuniga etdi.

Tecno

Mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 150 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan musobaqa qizg‘in va murosasiz bellashuvlarga boy bo‘ldi va unda yangi nomlar, yangi iste’dodlar kashf etildi.

O‘zbekiston kubogining tantanali taqdirlash marosimida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O.Ergashev hamda Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori A.Mamadaliev ishtirok etdi.

Yakunda g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan medal hamda maxsus diplom bilan taqdirlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!