Paralimpiyachilar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi

CHERY AUTO

Mamlakatimizda yoshlarimizning bilim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanib, o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon qilishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Bu jarayonda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami, jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy ko‘mak berish, bilim olishi, salomatligini mustahkamlashi, o‘z qiziqish va intilishiga mos kasb-hunar egallashi, sport bilan shug‘ullanishini ta’minlashga doimiy e’tibor qaratilmoqda.

Tecno

O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi va Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi tomonidan jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida paralimpiya harakatini rivojlantirish, ularni sportga keng jalb etish orqali jamiyatga faol integratsiyalashuvini ta’minlash, xalqaro maydonlardagi nufuzli musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir sportchilarni tarbiyalash va ular o‘rtasida stol tennisi sport turini yanada ommalashtirish maqsadida stol tennis bo‘yicha ochiq turnir o‘tkazildi.

Uchtepa tumani 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabida o‘tkazilgan mazkur musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan paralimpiyachilar ishtirok etdi. Unda Izzatbek Hamroev, Umidjon Ahmedov, Bahodir Mullajonov shohsupaga ko‘tarildi.

– Mazkur musobaqada jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlarni stol tennisiga bo‘lgan qiziqishini ko‘rib ochig‘i hayratlandim. Bizning asosiy maqsadimiz ularning o‘zlari qiziqqan sport turlari bilan shug‘ullantirish va mamlakatimiz sharafini himoya qilishlari uchun imkoniyat yaratishdir, – deydi Nodira Burhonxo‘jaeva. – Endi biz mamlakatimiz bo‘ylab paralimpiyachilar o‘rtasida stol tennisini rivojlantirish uchun bir qator ishlarni amalga oshiramiz. Dastlabki vazifalarimizdan biri, hududlarda ular o‘rtasida musobaqa tashkil etishdir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!