Paralimpiyachilarimizni Tokioga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi

  • 20 avgust, 2021, 21:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Olimpizm
CHERY AUTO

1_2

Tecno

Xabaringiz bor, joriy yilning 24 avgustidan 5 sentyabriga qadar Yaponiya poytaxti Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Bugun O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasida delegatsiyamiz a’zolarini Tokio shahriga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

2_2

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi  Tanzila Norboeva, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, sportchilar va ularning ota-onalari, murabbiylar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

3_1

Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboeva ochib berdi hamda Tokioda bo‘lib o‘tadigan XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarida sportchilarga omad va zafarlar tilagan holda, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytishlarini, xalqimiz, Prezidentimiz ishonchlarini oqlashlari uchun bor mahoratlarini ishga solishga chaqirib, o‘zining samimiy tilaklarini izxor etdi.

4_2

So‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov sportchilarga yozgi Paralimpiya  o‘yinlarida kuch-quvvat tilab, muhtaram Prezidentimiz hamda millionlab muxlislar ulardan g‘alabalar kutishlarini aytib o‘tdi. 

5_3

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboeva va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov davlat bayrog‘ini  Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaevga tantanali ravishda topshirdi. So‘ngra O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.

6

Marosimda so‘z olgan sportchilar – Muhammad Rexsimov va Shaxnoza Mirzaeva Paralimpiya harakatiga qaratayotgan yuksak e’tibori uchun barcha paralimpiya sportchilari nomidan Yurtboshimizga o‘z minnatdorchiliklarini izhor qilishdi va nasib qilsa, Mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonasiga yuqori natijalar bilan qaytishlarini aytishdi.

7

Tadbir yakunida O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Mahsitov duoga qo‘l ochib, Tokioga yo‘l olayotgan delegatsiyamiz vakillariga oq yo‘l tiladi.

8_1

12

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston sport delegatsiyasi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga 55 ta yo‘llanma qo‘lga kiritgan.

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
21/08/2021 10:11
Албатта улардан юқори натижаларни кутамиз. Омадларини берсин оллоҳим. Энди улар учун ҳам муҳлислик қиламиз. Ишонамизки улар РИО дагидан кам,бўлмаган натижаларни бизга туҳфа этишади.