“Parij-2024”: Ikki marta Olimpiada chempioni bo‘lgan yagona tennischi Parijda kortga chiqolmaydigan bo‘ldi

  • 25 iyul, 2024, 17:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Britaniyalik mashhur tennischi Endi Marrey Parij Olimpiadasining yakkalik bahslarida qatnashmasligini ma’lum qildi.

Sky Sports nashrining ma’lum qilishicha, tennischining bu qarorga kelishiga belidan jarohat olgani sabab bo‘lgan.

Marrey jarohatiga qaramay, juftlik bellashuvlarida Daniel Evans bilan birga kortga tushadi.

Ta’kidlash joizki, Endi Marrey Olimpiya o‘yinlarining yakkalik bahslarida ikki marta oltin medalni qo‘lga kiritgan yagona tennischi hisoblanadi. U 2012 va 2016 yilgi Olimpiadalarda shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan edi.

Endi Marrey 2024 yilgi Olimpiada uning professional faoliyatidagi eng oxirgisi bo‘lishini ta’kidalagan.

37 yoshli raketka ustasi “Katta Dubulg‘a” turkumidagi yirik turnirlardan “Uimbldon”da ikki bor va AQSh ochiq chempionatida bir marta g‘olib chiqqan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!