"Parij-2024". Ikromova Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi

  • 08.08.2024 23:32
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Olimpizm
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taxmina Ikromova ishtirokini tugatdi 

Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Taxmina Ikromovaning Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi chiqishi nihoyasiga etdi. Yurtdoshimiz bugun kechgan ko‘pkurash yo‘nalishining saralash bosqichida 126.400 ochko jamg‘arishga erishdi. Bu yakunda 14-natija bo‘ldi. Afsuski, ushbu ko‘rsatkich final dasturi uchun kamlik qildi va Ikromova joriy Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!