
Parij-2024. Lazizbekka oson bo‘ldi! Uning vaznidagi favorit bokschi turnirni tark etdi
Olimpiya o‘yinlarining boks sport turidagi yana bir yaqqol favoriti, -92 kg vazn toifasida janglarda qatnashuvchi kubalik Xulio Sezar la Kruz ham musobaqani tark etdi. U hozirgina yakuniga etgan bellashuvda asli kubalik bo‘lgan Ozarbayjon vakili Alfredo Domingesga ochkolar bo‘yicha, 3:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
U ham mazkur vazn toifasida to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasida chempion bo‘lishga asosiy da’vogarlar qatorida edi.
Fikrlar