
Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining maskotlari taqdim etildi (FOTO)
Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi bo‘lajak musobaqaning maskotlarini rasman tanishtirdi. Unga ko‘ra, frigiya qalpog‘i shaklidagi o‘yinchoqlar musobaqalarning ramzi bo‘ladi.
Frigiya qalpog‘i Buyuk fransuz inqilobidagi ramzlardan biri hisoblanadi. O‘sha davrdan beri u fransuzlar uchun “erkinlik” ma’nosini ifodalab kelgan. Rasmiy manbalarning ma’lum qilishicha, Parij-2024 tashkiliy qo‘mitasi O‘yinlarga mezbonlik qilish orqali sport, xususan, Olimpiya o‘yinlari tarixida o‘ziga xos inqilob qilishni ko‘zlagan.
Manba: MOQ
Fikrlar