Parijliklar PSJ kelajagini yangi shartnomaga ko‘ndirdi. Endi Mbappe kerak emasmi?

  • 2 yanvar, 2024, 21:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning bugungi kundagi eng zo‘r futbolchisi Kilian Mbappe ekani hech kimga sir emas. Biroq klubning kelajagini u bilan bog‘lab bo‘lmaydi.

Tecno

PSJning kelajagi klubda tarbiyalangan Uorren Zair-Emeri hisoblanadi. 17 yoshli futbolchi yosh bo‘lishiga qaramay, yuqori saviyada o‘ynayapti. Unga Mbappening o‘zi ham tan bergan.

Klub mutasaddilari Uorrenni yangi bitimga ko‘ndirdi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Shartnoma dekabr oyidayoq tayyor bo‘lgan va kelishilgan. Uni Uorren mart oyida, 18 yoshga to‘lganidan keyin imzolaydi.

Joriy mavsumda Zair-Emeri Frantsiya chempionatida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkitadan gol va assist muallifi bo‘ldi. Shuningdek, Frantsiya terma jamoasida debyut uchrashuvidayoq birinchi golini urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!