
"Parma" "Inter" darvozabonini ijaraga oldi
"Parma" uzoq muddatga safdan chiqqan darvozabon Luiji Sepega o‘rinbosar topdi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, asli "Napoli" futbolchisi bo‘lgan va "Parma"da ijara asosida to‘p surayotgan Sepe jarohat sabab uch oy davomida maydonga tusha olmaydi.
"Parma" esa uning o‘rnini "Inter" darvozaboni Ionutsa Radu bilan to‘ldirdi. Klub u bilan mavsum so‘nggiggacha ijara shartnoma imzoladi.
Mavsumning dastlabki qismini "Jenoa"da o‘tkazgan futbolchi "qizil-ko‘klar" libosida barcha turnirlarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 37 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Joriy mavsumda "Parma" A Seriyaning 21 turidan so‘ng 7-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar