Parviz Abdumavlonov: "Erkebo‘lan Toktarga qarshi oktagonga ko‘tariladigan o‘zbekistonlik jangchi ma’lum!"

  • 15 iyun, 2022, 18:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, o‘zbekistonlik ko‘plab MMA jangchilari Qozog‘istonning “Oktagon” promoushenida o‘z janglarini o‘tkazib kelishmoqda.

Tecno

Albatta, bu borada sportchilarimizga “Anderdog” kompaniyasining mutasaddilari Parviz hamda Farruh Abdumavlonovning xizmatlari katta. Aynan ular mazkur promoushenning yurtimizdagi muhim vakillari hisoblanadi.

Biz Parviz Abdumavlonov bilan bog‘lanib, “Oktagon” promoushenidagi yurtdoshlarimizning navbatdagi janglari borasida savollar bilan murojaat qildik.

tel1

- “Anderdog” menejerlik kompaniyasining asosiy maqsadi nimadan iborat?

 - Maqsadimiz yosh iste’dodlarni topib tarbiyalash va kelajakda moliyaviy jihatdan yaxshi shartnomalar taqdim etish barobarida yurtimiz sharafini xalqaro arenalarda munosib himoya qilishiga ko‘makchi bo‘lish, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

- Yana O‘zbekistonda turnir tashkil etish bo‘yicha rejalar mavjudmi?

- Albatta, 26-27 avgustda O‘zbekistonda navbatdagi turnirni o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Yaqin kunlarda bunga rasman aniqlik kiritiladi.

- Erkebulan Toktarning Yigitali Mamajonov yoki Odilxon Kamalov bilan jangi bo‘lishi qanchalik haqiqat?

-  Yigitali borasida biror fikr bildira olmayman. Lekin Odilxon Kamalov yoki Humoyun To‘xtamurodov bilan uning jangi bo‘ladi. Biroq, sanasi va qaysi turnirda ekanligi borasida aniq ma’lumot bera olmayman.

- Navbatdagi turnirda yana qaysi vakillarimiz jang qiladi?

- Lazizxon O‘zbekov, Muhammadjon Qurbonov, Suhrobjon Otajonov va Faxriddin Mardievning jang qilishi aniq bo‘lib ulgurgan. Yana bir nechta qo‘shilishi mumkin.

- Ma’lumotlarga qaraganda yuqorida sanab o‘tgan yurtdoshlarimizdan biri chempionlik jangini o‘tkazar ekan?

- Ha, Faxriddin Mardiev yarim o‘rta vazn (77.1 kg) toifasi chempioni Baurjan Kuanishbaevga qarshi titul uchun oktagonga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!