
Patris Evra: “Bu ishi bilan MYu Ser Aleks Fergusonni kamsitgan”
“Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi Patris Evra Pol Pogbaning 2016 yilda jamoaga qaytishi haqida gapirdi. Frantsiyalik yarim himoyachi “qizil iblislar” safidan 2012 yilda ketib, 4 yildan so‘ng "Yuventus"dan 100 million evro evaziga xarid qilingan.
O‘shanda, futbolchi Ser Aleks Fergusonning rejalaridan o‘rin olmagani va uning qobilyatlariga ishonmagani sabab jamoadan ketkazgan edi.
“ “Manchester Yunayted” Pogbani qaytardi. Bu ish bilan ular Ser Aleksni kamsitishdi. Men Polga qaytmaslikni aytgan edim. Uning o‘z "Real"ga o‘tmoqchi edi, "Real"ning o‘zi ham Pogbani olmoqchi bo‘lgan. Biroq, Florentino Peres katta summada pul sarflashni istamagan.
Pogba qaytgach MYu rahbariyati juda hursand edi. Chunki, ular futbolkalar sotuvidan yaxshigina daromad qilishdi. Yosh muxlislar Pogbani yoqtirishar edi. Bu transfer futboldan ko‘ra, biznes uchun bo‘lgan”,- dedi Evra “Stick to Football” ko‘rsatuvida.
Hozirda Pol Pogba doping tufayli futboldan diskvalifikatsiya qilingan.
Fikrlar