
Paulo Kosta: "Chimaev qo‘rqok! U hech qachon men bilan jang qilishga o‘zida jur’at topa olmaydi"
O‘rta vaznda sobiq titul jangi ishtirokchisi braziliyalik Paulo Kosta Hamzat Chimaevning Kolbi Kovingtonga chaqiruv tashlagan holatiga o‘z reaktsiyasini bildirdi:
"Chimaev qo‘lidan kelgancha mendan qochmoqda. O‘ylashimcha, jangimiz hech qachon amalga oshmaydi. Bolakay allaqachon qo‘rqishni boshlab yuborgan va shu sababli jang qilmasidan turib o‘rta vazndan juftakni rostlash arafasida. Qoch, qochaver. Qo‘lingdan kelgan joygacha yugur!"-dedi Kosta.
Fikrlar