"Paхatakor" Muҳammadrasul Abdumajidov transferi bo‘yicha rasmiy bayonat berdi

  • 30.08.2026 20:36
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Paxtakor" jamoa himoyachisi Muhammadrasul Abdumajidov transferi bo‘yicha rasmiy bayonat berdi.

"Bugun ko‘p OAV va bloglarda jamoamiz himoyachisi Muhammadrasul Abdumajidovning Fransiya klubiga o‘tishi masalasi bo‘yicha fikrlar bildirildi. Bunga klub rasmiy munosabatini bildiradi.

"Paxtakor" futbol klubiga boshqa xorij klubidan rasmiy taklif yuborilgan xat kelib tushmadi. Faqat futbolchining agenti fransuz klubi yozgan taqdim etdi (sotib olish huquqi bilan ijarа). Biroq bu taklif klubimizni qoniqtirmadi. "Paxtakor" jamoasidagi har bir futbolchining o‘ziga yarasha obro‘si bor va biz o‘yinchilar uchun bildirilgan yaxshi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyormiz. Qolaversa, O‘zbekistonda transfer davri yopilgan.

Jamoa mavsumning muhim pallasida turibdi va futbolchining o‘rnini to‘ldirish imkoniyatiga ega emas. Har mavsum oldidan murabbiylar shtabi oldiga jiddiy vazifalar qo‘yiladi va bu yil ham shundan mustasno emas. Futbolchilar o‘tishi va transferlari bo‘yicha qarorlar murabbiylar shtabi tomonidan vazifalardan kelib chiqib, jamoa manfaat asosida qabul qilinadi. "Paxtakor"ni oldinda Elit Chempionlar Ligasi kutmoqda. Ushbu musobaqada jamoaning vazifasi munosib ishtirok etishdan iborat.

Shu sababli ayni paytda asosiy maqsadimiz jamoa tarkibini kuchaytirishdan iborat, uni kuchsizlantirish emas.

Agar taklif vaqtlroq kelib tushganda uni batafsil muhokama qilish mumkin edi. Yozgi transferlar paytida ikki nafar markaziy himoyachi boshqa klublarga qo‘yib yuborildi. Shu tufayli ushbu transfer bo‘yicha taklifni faqat qishda ko‘rib chiqish imkoniyati borligini klubimiz ma’lum qiladi
", - deyilgan klubing rasmiy telegram kanalida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!