"Paxtakor" - "Navbahor" o‘yini chiptalari haqida muhim ma’lumot
Superliganing 4-turida "Paxtakor" o‘z maydonida "Navbahor"ni qabul qiladi. Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu o‘yiniga chiptalar sotuvi davom etmoqda.
Qiziqarli bellashuvni "Paxtakor" stadionidan kuzatishni istagan muxlislar chiptalarni "Paxtakor" stadioni kassasi (Alisher Navoiy kinoteatri tarafda), "Samarqand Darvoza" savdo-ko‘ngilochar majmuasi, "Humo" arenasi kassalaridan, shuningdek, Iticket.uz saytidan onlayn tarzda xarid qilishlari mumkin. Chiptalar onlayn sotib olinganda ularni qog‘ozga chop etish shart emas, chiptaning elektron variantini stadionga kirish eshigida elektron qurilmada (telefon, planshet) ko‘rsatish kifoya. O‘yin 1 aprel kuni soat 19:00da boshlanadi. Chipta narxlari oddiy sektorlar uchun 30 ming so‘m, CIP sektorlar uchun 100 ming so‘m qilib belgilangan. Bellashuv tanaffus paytida chipta sotib olgan muxlislar o‘rtasida yutuqli o‘yin o‘tkaziladi va unda turli qimmatbaho sovg‘alar yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
"Navbahor" ishqibozlariga chiptalarni mehmonlar muxlislari uchun mo‘ljallangan 17-23 sektorlarga xarid qilish tavsiya etiladi.

Fikrlar