
"Paxtakor" - "Navbahor" o‘yinidan keyingi kelishmovchilik yuzasidan IIBB rasmiy ma’lumot berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtakor” stadionida futbol tugaganidan so‘ng janjal yuzaga kelganligi aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.
Joriy yilning 1 aprel kuni soat 19:00da poytaxtimizning “Paxtakor” stadionida O‘zbekiston chempionati musobaqasi doirasida Toshkentning “Paxtakor” va Namangan viloyatining “Navbahor” jamoalari o‘rtasida futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv yakunlanganidan so‘ng “Navbahor” va “Paxtakor” jamoalari futbolchilari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqdi.
Ushbu kelishmovchilik, xizmatga jalb qilingan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan zudlik bilan bartaraf etilib, ommaviy tartibbuzarliklarning oldi olindi.
Hozirda holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Fikrlar