"Paxtakor" - O‘zbekistonning 12 karra chempioni!
"Paxtakor" bugun Superliga 20-turida "Metallurg"ni mag‘lubiyatga uchratdi va 12-bor chempionlikka erishdi.
"Sherlar" 6 tur oldin O‘zbekiston chempioni degan nomni qo‘lga kiritishdi. Bunga qadar "Paxtakor" chempionatlarda 11 bor oltin medallarga ega chiqqandi. 2015 yildan keyin "sherlar" yana taxtga qaytishdi.
Hozirga qadar 1992, 1998, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012, 2014 va 2015 yillarda "Paxtakor" O‘zbekiston chempionatida g‘olib chiqqandi.
Fikrlar