"Paxtakor" - Superliganing yangi chempioni!
Bugun Superliga 20-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Paxtakor" uchrashuvi o‘tkazildi. Unda "sherlar" g‘alaba qozonib, muddatidan oldin O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, chempionatimiz nomi o‘tgan yildan boshlab Superliga deb atala boshlandi. Nomi o‘zgarilgan liganing ilk g‘olibi "Lokomotiv" bo‘lgandi. Endi esa "Paxtakor" Superliganing ikkinchi, ya’ni yangi chempioniga aylandi.

Fikrlar