"Paxtakor" - "Turon" Superligada uch marta to‘qnashgan!

  • 19 oktabr, 2023, 20:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlik sari kurashni davom ettirayotgan "Paxtakor" 20 oktyabr kuni "Turon"ga qarshi Toshkentda Superliga 22-turida maydonga tushadi.

Tecno

Yaypanda birinchi davrada o‘tgan bahsda "sherlar" 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Jami Superligadagi uch to‘qnashuvda "Paxtakor" ikki bor zafar quchib, bir marta durang o‘ynagan. "Sherlar" 5 to‘p kiritib, 2 gol o‘tkazib yuborgan.

Mazkur bellashuvni mehmonlar darvozaboni Rahim Davronov diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuboradi. Poytaxt jamoasida esa bunday yo‘qotish yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" va "Turon" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 20 oktyabr, juma kuni soat 19:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!