"Paxtakor-2004" - Bahodir Ibrohimov xotira turniri g‘olibi!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchilari sport ustasi Bahodir Ibrohimov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan turnirda zafar quchishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Finalda Olim Shokirov boshqarayotgan jamoa "Yangier"ga qarshi maydonga tushdi. O‘yinda to‘liq tashabbusga erishgan yosh "paxtakorchilar" 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Shu tariqa 4-marotaba o‘tkazilgan musobaqada "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchilari g‘olib chiqishdi.

Finaldan so‘ng taqdirlash marosimi o‘tkazilib, unda futbolimiz faxriylari va jamoa a’zolari sovrindorlarga kubok va medallarni taqdim etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!