"Paxtakor-79" jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar karantin sababli o‘tkazilmaydi

  • 10 avgust, 2020, 14:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Har yili 11 avgust kuni 1979 yil aviahalokatda hayotdan ko‘z yumgan afsonalar yodga olish an’anaga aylanib qolgan. Ushbu jamoa a’zolari doimo barchamizning qalbimiz va xotiramizda yashaydi.

Tecno

Afsuski, bu yil koronavirus pandemiyasi sababli nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo bo‘ylab minglab turli tadbirlar bekor qilindi. Ayni paytda yurtimizda karantin holati davom etmoqda. Karantin qoidalariga ko‘ra, odamlar ko‘p to‘planadigan ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlangan. Shu tufayli 11 avgust kuni doimiy ravishda "Paxtakor" stadioni va "Botkin" qabristonida o‘tkazib kelingan rasmiy tadbirlar bekor qilinadi.

"Paxtakor" klubi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!