
"Paxtakor" "Al Ayn"ni necha marta yutgan?
19 sentyabr kuni "Paxtakor" Chempionlar Ligasi 1-turida BAAning "Al Ayn" jamoasini qabul qiladi.
Ushbu jamoaga qarshi "Sherlar" 4 marta to‘qnash kelishgan. 2010 yil Al Aynda 1:0, Toshkentda 3:2 hisobida g‘alabaga erishilgan. 2015 yil esa Toshkentda raqib 1:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, mehmonda 1:1 natijasi qayd etilgan. O‘zbek klublaridan faqat "Paxtakor" "Al Ayn"ni mag‘lub etishning uddasidan chiqqan.
OChL uchun "Al Ayn" jami 13 nafar legionerni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Jamoani gollandiyalik mutaxassis Alfred Shryoder boshqarmoqda. U joriy mavsumdan ushbu klubda ishga kirishdi. Bungacha oxirgi yillarda "Barselona"da Ronald Kumanga yordam bergan, keyin "Bryugge" va "Ayaks"da bosh murabbiy bo‘lgan.
"Paxtakor" matbuot xizmati.
Fikrlar