"Paxtakor" darvozaboni Sanjar Quvvatov bu mavsum OChLda jamoaga nima etishmagani haqida gapirdi

  • 26 aprel, 2021, 23:15
  • Bekzod Isayev
  • 10
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar ligasi 5-turidan o‘rin olgan "Traktor" - "Paxtakor" (0:0) bahsidan so‘ng "sherlar" darvozaboni Sanjar Quvvatov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- O‘yin qiyin kechdi, chunki yigitlarda ketma-ket bahslardan keyin charchoq sezilmoqda. Yutuqqa erishish uchun harakat qildik, ammo raqib posboni juda ajoyib o‘ynadi. Hamkasbimni olqishlayman.

OChL. "Paxtakor" durang o‘ynadi va guruhda qolib ketdi

IMG_0376

"Paxtakor" murabbiyi Piter Xyuistra jamoaning OChL guruh bosqichida qolib ketishiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirdi

Ushbu musobaqada bizga omad ham etishmadi. Ba’zi uchrashuvlarda g‘alabaga haqli bo‘lgandik. Raqiblardan ko‘proq imkoniyatlar yuzaga keltirdik. Turnir men uchun ham, jamoa uchun ham ancha og‘ir bo‘ldi. Endi so‘nggi bellashuvda zafar quchishga intilamiz. Mavsumning qolgan qismida ushbu xatolardan xulosa qilgan holda yaxshi o‘ynashga urinamiz, - dedi Sanjar Quvvatov.

Toshkentliklar ushbu durangdan so‘ng guruhdan chiqa olmasligi aniq bo‘ldi. Endi "Paxtakor" oxirgi turda qayd etiladigan natijadan qat’iy nazar uyga qaytadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ободон
27/04/2021 04:05
Пахтаойга узб хакамлари диёр сассик вар етишмади
&
нодирбек.фк насаф
26/04/2021 23:28

Пахтакорга АЗИЗ АСИМОВ ЙИТИШМАДИ БУ ФАКТ БУЙИР УЗБЕКИСТОНМАС ХАРДОИМ УЙИННИ 15 ТА УЙИНЧИ БИЛАН УЙНАШ ХАММАНИ КУЛИДАН КИЛАДИ ХАММА ЖАМОАНИ НОХАКЛИК БИЛАН ЙУТДИНГ МАнА КАНАКАЛИГИНГ КУРИНИБ КОЛДИ
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
26/04/2021 23:56
Aziz degan sudiyaz. by deyman. Qarshidaki uyinga VAR ishlovdi. ey qoil. maydonga bulmasa ham atrofiga bulsa jamoasiga yordam berarkanda. bulmasa Sardorni oyogiga tepkani ham yuq. Mazgavoy. VAR dakila. endamay penalti berdi. qoilman lekin.
&
PAXTAVAR
27/04/2021 10:44
Хар битта уйинга фикр билдириб турадиган донишманд луттивозларни овози чикмай колдими. тинчликмикин
&
PAXTAVAR
27/04/2021 10:39
Шу ОФКда хакикат йугакан. койил колмадим. Судякорни уйинларига норсафарними, ёки судяликдан урилиб кетган шерзод косимовними тайинлаш керагиди. шу виждонсизларни тайинламаса бу сохтакор ютомидику
&
Турсун Ғани
26/04/2021 23:38
ПАХТАКОРГА САНЖАР ҚУВВАТОВ, АНЗУР ИСМОИЛО, ЕГОР КРИМИС, ФАРРУХ САЙФИЕВ, ДЕРДИЙЎҚ ВА ПИТЕР ХЮСТРАЛАР ОРТИҚЧАЛИК ҚИЛДИ. ШУЛАР БЎЛМАГАНДА КИЙИНГИ БОСҚИЧГА ЧИҚАРДИ.
&
ya karol
27/04/2021 07:00
Paxtakor ertak bo'lib ketgan bahonalarni eshitishdan charchab ke ketdik hamma muamo silada boshqa narsa o'ylab topinglar